Dil poradur, dilbar,
Nachoradur dilbar,
Oshiqlaring olam kezib
Sayyoradur dilbar.
Majnun ila kezdim,
Farhod la so zlashdim,(2)
Yetti iqlim shafiq anga
Ishq dostonin yozdim.
Qalbimni rangini
Lolaga o tkardim.
Chin oshiqlar ishqing deya
Ovoradur dilbar.
Olam kezib oshiqlaring
Sayyoradur dilbar.
Bag ri o yiq, torli,
Yetti hanjar tirnar.
Ko ksiga qo l yetsa
Nola qilib yig lar.
Barmoqlarda qalbim ezib
Chertib chertib o ynar.
Chin oshiqlar ishqing deya
Ovoradur dilbar.
Olam kezib oshiqlaring
Sayyoradur dilbar
Dunyo nadur, dilbar,
Savdo nadur, dilbar.
Oshiqlaring olam kezib
Sayyoradur, dilbar.
dil poradur dilbar na choradur dilbar
Olam kezib oshiqlaring
Sayyoradur dilbar.
Olam kezib oshiqlaring
Sayyoradur dilbar.